Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Foto: «Sof.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchi Zokir Aliyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov «Kun.uz»ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, sud jinoyat ishi materiallarini o‘rganib, Aliyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1 qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-2-moddasi 1 qismida (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

«Sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida o‘zining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bag‘rikenglik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, sudlanuvchilarga jazo tayinladi», deyiladi xabar matnida.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi 2000-yildan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgunga qadar qariyb 18 yil davomida jinoiy faoliyat bilan boshqa shug‘ullanmaganligini inobatga olib, Zokir Aliyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57 (yengilroq jazo tayinlash) va 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) moddalarini qo‘llagan holda eng kam oylik ish haqining 600 barobari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi qonunchilikka binoan, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda jarima miqdori jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi 1-son qarori 16-bandida ham alohida qayd etilgan.

Zokir Aliyev jinoyat sodir etgan vaqtda esa eng kam ish haqi 1750 so‘m miqdorida bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 600 baravar miqdorida belgilangan jarima jazosi 1 mln 50 ming so‘m miqdoriga to‘g‘ri keladi.

 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring