Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Antimonopol qo‘mita non sifati va vaznini o‘rganib boradi

Antimonopol qo‘mita non sifati va vaznini o‘rganib boradi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, «O‘zstandart» agentligi bilan birgalikda shakldagi (buxanka) non ishlab chiqarish va sotish, sifatini va vazniga muvofiqligini doimiy ravishda o‘rganib boradi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

«Agar siz nonning belgilangan sifati va vazni me’yorlarga mos kelmasligi faktini aniqlasangiz, murojaatlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga va qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rish uchun yuborishingizni so‘raymiz.

Murojaatnomada belgilangan davlat standartlariga javob bermaydigan shakldagi nonni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi punktlarning manzillarini, shuningdek, bog‘lanish uchun aloqalaringizni qoldiring», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring