Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda bedarak yo‘qolgan ona-bola topildi

Angrenda bedarak yo‘qolgan ona-bola topildi

Foto:«Iiv.uz»

29-mart kuni Angren shahrida yashovchi Sh.M. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 24 mart kuni soat 04:00larda turmush o‘rtog‘i 30 yoshli Yulduz Abdurahmonova 1 yoshli qizi bilan birgalikda, uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv-surishtiruv ishlari va fuqarolarimizning bergan ma’lumotlari natijasida ona va uning qizi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan sog‘-salomat topilib, uyiga qaytarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring