Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi (foto)

Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi (foto)

Foto:«Facebook»

Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida yashovchi Muhayyo opa kelin tushirdi. E’tiborga molik jihati,  angliyalik qiz O‘zbekistonga kelin bo‘ldi. Muhayyo opaning o‘g‘li Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishib, oila qurishdi. Bu haqda «Feysbuk» foydalanuvchisi Fotima O‘ktamova xabar berdi.

«Jeyn Angliyada tug‘ilib o‘sib, odob-axloqli, hayoli, mehribon qiz bo‘lib chiqdi. Uning otasi Maykl va Kristinaxonim o‘zbek yigiting oqko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib, qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘lishdi», — deb yozadi muallif.

Jeyn — yangi kelinchak o‘zbek urf-odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Muhayyo opa angliyalik kelinini Jeyn emas, Jannatxon deb chaqiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring