Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda tug‘ilgan ganalik egizaklarga guvohnomalar topshirildi (foto)

Andijonda tug‘ilgan ganalik egizaklarga guvohnomalar topshirildi (foto)

Foto: DXA Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Gana Respublikasi fuqarolari Emmanuel Akvey hamda Sussanna Mfumlarning Andijon shahrida tug‘ilgan farzandlari Marven va Arvenlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, 23-dekabr kuni Andijon shahar fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limiga Gana Respublikasi fuqarolari Emmanuel Akvey hamda Sussanna Mfumlar Andijon viloyat perinatal markazida o‘g‘il egizak farzandlarni dunyoga keltirganligini bildirib, ularning tug‘ilganligini qayd etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning murojaati FHDYo bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, bolalarning haqiqatan Andijon shahrida tug‘ilganligi tasdiqlanib, dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.

Foto: DXA Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati

24-dekabr kuni Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mahmudjon Abdijaliyev tomonidan xorijlik fuqarolarga farzandlari Marven va Arvenlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring