Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda sodir bo‘lgan qotillik jinoyati ommaviy muhokama qilindi

Andijonda sodir bo‘lgan qotillik jinoyati ommaviy muhokama qilindi

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

2020-yil 30-may kuni soat 19:30larda Andijon shahrida yashovchi, fuqaro B.S. tanishi M.B ning yashash uyida u bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilishib, B.S.ga qarashli Oltinko‘l tumani, «Jalabek» MFY hududida joylashgan payvandlash sexiga borishadi. Bu yerda M.B. mast holda B.S.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun o‘zaro janjallashib ketishadi. Janjal oqibati ayanchli yakun topadi. Fuqaro B.S. shu yerda bo‘lgan xo‘jalik boltasi bilan M.B.ni bosh qismiga 2 marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazadi va M.B.ning voqea joyida vafot etishiga sababchi bo‘ladi.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan B.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmokda.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Ushbu ayanchli holatni sodir etgan B.S.ning qilmishi Oltinko‘l tumani, Jalabek mahallasida yashovchi keng jamoatchilik ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan. Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov raisligida o‘tkazilgan muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring