Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda deputatlarning tintuv qilingani holatini Aksilkorrupsiya agentligi nazoratga oldi

Andijonda deputatlarning tintuv qilingani holatini Aksilkorrupsiya agentligi nazoratga oldi

Kuni kecha Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o‘tkazilgani va bunda deputat daxlsizligiga amal qilinmagani haqida xabar berilgandi.

Ushbu holatni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazoratga olganini ma’lum qildi.

«Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimiz kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo‘lib turgan, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilayotgan bir paytda bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi idora tomonidan korrupiya holati haqida xabar bergan shaxsni himoya qilish o‘rniga, unga nisbatan ta’sir choralari qo‘llayotganini oqlab bo‘lmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holatning nazoratga olinganini va natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berishni ma’lum qiladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring