Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bolalar poliklinikasi ko‘chiriladimi, tugatiladimi yoki tarqatiladi? Rasmiylar javob berdi

Andijonda bolalar poliklinikasi ko‘chiriladimi, tugatiladimi yoki tarqatiladi? Rasmiylar javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek ba’zi ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va kanallarida Andijonda viloyat bolalar poliklinikasi ko‘chirilishi, tugatilishi, tarqatilishi mumkinligi kabi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, Andijon viloyat Xokimligi va sog‘liqni saqlash tizimida yaqin muddatlardagi rejalari, «yo‘l xaritasi» va boshqa me’yoriy xujjatlarda Andijon viloyatida yagona bo‘lgan stomatologiya poliklinikasini ko‘chirish, tarqatib yuborish, mulk shaklini almashtirish va boshqa o‘zgarishlar belgilanmagan.

Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi binosi 1975 yilda bolalar bog‘chasi sifatida loyiha asosida qurilgan, ikki qavatdan iborat, umumiy yer maydoni 0,68 ga teng, Andijon shahar Baynalminal ko‘chasi, 1-uyda joylashgan.

1997 yilda Andijon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi makzkur binoni moslashtirish hisobiga binoga ko‘chib o‘tgan.

Andijon viloyati hokimining 2014 yil 30 iyuldagi «Andijon shahar tibbiyot birlashmasi tarkibidagi bolalar stomatologiya poliklinikasi negizida viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasini tashkil etish haqida»gi 191-q-sonli qarori bilan viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi maqomi berilgan.

Viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi binosi shu kunga qadar kapital ta’mirlanmaganligi, binoning tom, fasad qismi, kanalizatsiya hamda isitish tizimi ta’mirtalab holatda ekanligini inobatga olib, Andijon viloyati hokimining 2018 yil 17 dekabrdagi «Andijon viloyatida 2019 yilda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 740-q- sonli qarorining 2-ilovasi, 38-bandiga ko‘ra poliklinika binosining tom, fasad qismi, kanalizatsiya hamda isitish tizimini yangilash va ta’mirlash maqsadida mahalliy budjet qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 800,0 mln. so‘m ajratilishi belgilangan.

Bugungi kunda viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasida 45 nafar vrach-stomatologlar 23 ta stomatologik kresloda to‘la quvvat bilan faoliyat olib bormoqda va bolajonlarning tish og‘riqlaridan qutulgan nurli yuzlaridagi tabassumini kuzatish mumkin.

Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalari «Stomatologiya va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasi»da ta’lim olmoqda.

Poliklinika hodimlari va tibbiyot instituti kafedrasini xech qanday boshqa binoga ko‘chirish ishlari olib borilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring