Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimligi g‘o‘za orasiga soya ekishga yordam bergan olima ayolga «Spark» berdi

Andijon viloyati hokimligi g‘o‘za orasiga soya ekishga yordam bergan olima ayolga «Spark» berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Oltinko‘l tumanidagi «Ko‘hna vodiy bahori» fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib, g‘o‘za qatorlari oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish taklifini bergan edi.

Ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyatiga butun umrini soya yetishtirish ilmiga bag‘ishlagan, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Dilorom Yormatova taklif qilindi.

Olima andijonlik fermerlarga g‘o‘za va soyani birdaniga ekib, tuproq unumdorligini oshirish, qo‘shimcha don olib, toza o‘simlik moyi olishga erishish hamda g‘o‘zaning ma’danli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini kamaytirib, tuproqda ekologik toza muhit yaratib, organik mahsulot yetishtirishda yaqindan yordam beradi.

Jalaquduq, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Bo‘ston, Izboskan tumanlarida qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga professor D.Yormatova ushbu dukkakli ekin turi bo‘yicha kerakli tavsiyalar bilan tushuntirib berdi va dastlabki g‘o‘za qator orasiga soya ekish ishlari boshlab yuborildi.

Andijonlik fermerlarga g‘o‘za qatorlari orasiga soya ekish ishlarini tashkil etishda o‘zining ilmi va tajribasi bilan yaqin yordam bergan olima viloyat hokimligi tomonidan «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: professor Dilorom Yormatovaning ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida 2010-2011 yillarda Sirdaryo viloyatida soya bilan g‘o‘zani birga qo‘shib ekish bo‘yicha tajribalar olib borilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring