Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon shahriga hokim tayinlandi

Andijon shahriga hokim tayinlandi

Foto: «O‘zA»

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ayni paytga qadar Andijon shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Bahromjon Nosirboyevich Haydarov shahar hokimi vazifasiga tayinlandi.

Bahromjon Haydarov mutaxassisligiga ko‘ra iqtisodchi. U 2018-yil fevral oyidan joriy yil 26-avgustga qadar Andijon viloyati moliya bosh boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring