Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi — Prezident qarori

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi — Prezident qarori

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-4865, 19.10.2020y) ko‘ra, 2021-yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi.

Qarorga ko‘ra:

Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi;

Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta’sis etiladi;

xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari ko‘riladi;

Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

2021-yil oxiriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;

2021-yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi;

2021-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida «Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring