Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi matbuot va OAV xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabrikladi

AKT vazirligi matbuot va OAV xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabrikladi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha jurnalistlarni samimiy muborakbod etadi.

Ushbu bayram munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan bir guruh jurnalistlar safida «Xabar» gazetasi bosh muharriri Abdug‘ani Abdurahmonov davlat mukofoti — «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘ldi.

Foto: «Mitc.uz»

Vazirlik jamoasi zahmatkash ijodkorlarni yuksak mukofot bilan tabriklaydi. Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta’minlashdek mas’uliyatli, sharafli ishlaringizda Sizni kuch-g‘ayrat hech qachon tark etmasin, deyiladi vazirlik tabrigida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring