Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda korrupsiyaga qarshi namoyish o‘tkazildi (foto)

Toshkentda  korrupsiyaga qarshi namoyish o‘tkazildi (foto)

Foto: «Adolat SDP»

11-noyabr kuni «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Bektemir tumani madaniyat markazida «Biz korrupsiyaga qarshimiz» shiori ostida miting o‘tkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, xotin-qizlar yoshlar hamda partiya xodimlari ishtirok etdi.

Mitingda asosan fuqarolarimiz tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan har bir soxada korrupsiyani ildizigacha quritish ilgari surildi.

Tadbirda Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya lideri Narimon Umarov barchani birdamlikka chaqirdi.

Tashkil etilgan namoyish jarayonida barcha fuqarolarimiz tomonidan, korrupsiyani mamlaktimizda mavjudligiga chek qo‘yish, korrupsiyasiz jamiyatni barpo qilish, har bir sohani korrupsiyadan tozalash kabi munosabatlar bildirildi. Tadbir mohiyatidan kelib chiqqan holda jamiyatimizdagi ayrim adolatsizliklarga oydinlik kiritish masalalari ochiq-oydin bildirildi, deyiladi matubot xizmati xabarida.

Partiya avvalroq Talabalar shaharchasida kontrakt narxlari oshishiga qarshi miting uyushtirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring