Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi «Xabar.uz» bilan hamkorlik qiladi

Adliya vazirligi «Xabar.uz» bilan hamkorlik qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikdagi yangiliklar bilan aholini tezkor xabardor qilish sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • aholining, xususan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda manzilli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
  • qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini aholiga yetkazish;
  • ishlab chiqilgan hujjat loyihalari va qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini aholiga xalqchil va sodda tilda tushuntirishga qaratilgan tahliliy maqolalar tayyorlash;
  • aholini qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etish;
  • huquqiy sohadagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ushbu yo‘nalishni yorituvchi jurnalistlar faolligini oshirishda yangicha yondashuvlar joriy etishga qaratilgan turli tanlovlar va seminar-treninglar o‘tkazish kabi qator ishlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring