Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi bir guruh jurnalistlarni siyladi

Adliya vazirligi bir guruh jurnalistlarni siyladi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilishi, bu borada hatto namuna bo‘layotgani sir emas. 

Soha xodimlarining kasb bayrami arafasida vazirlik bir guruh faol jurnalistlarni chorlab, esdalik sovg‘alari bilan siyladi. Siylanganlarning barchasi vazirlik faoliyati, tizimdagi yutuqlarni biroz baland ohanglarda yoritadigan jurnalistlardan iborat bo‘lmadi. Tizimdagi kamchiliklarni «ayamay urgan» ko‘pgina qalamkashlarga ham vazirlik mutasaddilari e’tibor qaratibdiki, tanqidni to‘g‘ri tushunish shunaqa bo‘ladi sirasi?! Ular qatorida «Xabar.uz»ning ikki nafar xodimlari borligiga nima deysiz? Tashakkur, tashakkur...

Bu yog‘iga so‘zni Shahnoza Soatovaga bersak. Jamiyatdagi muammolarga ayovsiz murosasizligi  bilan tilga tushgan hamkasbimiz shunday yozibdi: «Adliya vazirligiga kelganimdan beri yo‘lim ochilib, ishlarim rivojlanib ketdi ― men uchun omadli tashkilot bo‘ldi. Umid qilamanki, vazirlikka ham ozmi-ko‘pmi foydam tegyapti.

Yuristlar bilan ishlash mazza – fitna qilmaydigan, gapingni to‘g‘ri tushunadigan, tartibli xalq (ba’zida haddan tashqari!). Ijodkor xodimlarning jo‘shqin, tizginsiz va tarqoq faoliyatini ular tartibga solishadi, o‘z navbatida, biz ham yuristlarning bir maromdagi ish jarayoniga to‘lqinlar, ranglar va yorqinlik berib turamiz – ajoyib tandem! Natijada ish yaxshi unadi.

Bugun rahbariyat jamoadagi oz sonli jurnalistlarni kasb  bayrami bilan tabrikladi. Biz ham o‘z nomimizdan ahil va e’tiborli jamoamizga minnatdorlik bildiramiz».

To‘g‘ri, mulohazalar biroz xususiyroq. Ammo, mohiyatan, ko‘nglimizdagi gaplar.

Nima dedingiz?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring