Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulloh Tohirov qaysi idora qo‘lida?

Abdulloh Tohirov qaysi idora qo‘lida?

Andijonlik 20 yashar Abdulloh Tohirovning kutilmaganda yo‘qolib qolishi voqealari borasida xabar qilingandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonotini e’lon qildi. 

Unda aytilishicha, «Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan. Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug‘ullanmoqda va tez orada bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot beriladi».

«Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyormiz. Ayni vaqtda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.

Biz jarayonning ochiq va shaffof o‘tishi, holat bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz» - , deya tugallangan tashkilot bayonoti.

Hammasi 26-oktyabr kuni ertalab  Abdulloh Tohirovning Qo‘rg‘ontepa tumanida  yo‘l-transport hodisasi sodir etganidan keyin boshlangan. U qarindoshining «Lacetti»sida «Nexia-2» rusumli avtomashinani  turtib yuboradi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, «Nexia-2» Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramon Ergashevga tegishli bo‘lgan. 

27-oktyabr kuni Abdulloh  viloyat IIBga chaqirilgan va dom-daraksiz ketgan. 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring