Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduhakimov zimmasiga Bo‘stonliqqa hokimlik qilish yuklatilishi kutilmoqda

Abduhakimov zimmasiga Bo‘stonliqqa hokimlik qilish yuklatilishi kutilmoqda

Bugun Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishgan  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini bajarishni yuklatish taklifini bildirdi.

Ayni paytda Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini ado etib kelmoqda. U bir vaqtning o‘zida hukumatdagi mas’ul lavozimga qo‘shib, tuman hokimi vazifasini ham bajargan ilk amaldorga aylanishi mumkin.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov lavozimini saqlab qolgan holda Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti rektori etib ham tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring