Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdugappor Kirgizbayev Davlat tilini rivojlantirishga mas’ul bo‘ldi

Abdugappor Kirgizbayev Davlat tilini rivojlantirishga mas’ul bo‘ldi

Hukumat qarori bilan Abdugappor Karimjonovich Kirgizbayev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Departament Prezidentning 2019-yil 21-oktyabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan.

Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring