Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

80 yoshli otaxon 77 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan «ZAGS»dan o‘tdi

80 yoshli otaxon 77 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan «ZAGS»dan o‘tdi

Foto:Namangan viloyati DXM matbuot xizmati

1940-yil Namangan shahrida tug‘ilgan Mahmudjon Mirzaboyev, 1943-yilda tug‘ilgan Rayhona Usmonova bilan shar’iy nikohdan o‘tib, hayot kechirishayotgan edi. Lekin shu vaqtga qadar ular qonuniy nikohdan o‘tmagan. Mana oradan 55 yil vaqt o‘tib, Namangan shahar 2-sonli FHDYoda ularning nikohlari rasmiylashtirildi, deya ma’lumot berdi viloyat DXM matbuot xizmati.

- To‘yimizga ko‘p vaqt bo‘lgan bo‘lsada, guvohnoma olish uchun vaqt ajratmaganimizni qarang. Hozir nevara, chevaralik bo‘lganimizda birinchi marta nikohni qayd etganimiz 80 yoshli yubiley to‘yimga ajoyib sovg‘a bo‘ldi deydi,- Mahmudjon ota Mirzaboyev.

Hayotda turli tashvishlar sabab hujjat ishlarini o‘z vaqtida bitirmay, oradan yillar o‘tgach, nikoh guvohnomasini olgan fuqarolar hozirda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan yana biri Namangan shahrida istiqomat qilayotgan 59 yoshlik Pak Gerontiy hamda 55 yoshni qarshilagan Dinara Abdurahmonovnalardir. Ular ham 30 yildan ortiq vaqt mobaynida nikoh guvohnomasiz oila qurishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring