Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

52 o‘zbek yongan avtobus egasiga hukm o‘qildi

52 o‘zbek yongan avtobus egasiga hukm o‘qildi

Turkiston viloyati Sariog‘och tuman sudi 52 o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi Orduxon Mextiyevni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Sudya jabrlanuvchi tomonning talabini qisman qondirgan va Qozog‘istonning 46 yoshli fuqarosini "texnik nosoz transport vositasini ekspluatatsiya qilgan" deb topgan. Mextiyev muddatni koloniyada o‘tkazadi. Sud hukmi hali qonuniy kuchga kirgani yo‘q.

Sudda Mextiyev o‘ziga qo‘yilgan ayblovga norozi ekanini bildirgan.

2018-yil 18-yanvarda Oqto‘ba viloyati yaqinidagi Chimkent - Samara trassasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi yonib ketgan. Avtobusdagi 57 kishidan 52 tasi (barchasi o‘zbekistonlik) yonib halok bo‘lgan, 2 yo‘lovchi va 3 haydovchi omon qolgan.

Noyabrdagi sudda avtobus haydovchilari 5 yil ozodlikdan va 7 yil mashina boshqarishdan mahrum bo‘lgan. "Aziya tranzit servis" transport kompaniyasi ta’sischi 3,5 yilga qamalgan.

Tergov paytida avtobus egasi Orduxon Mextiyevning yo‘lovchi tashish uchun litsenziyasi yo‘qligi aniqlangan. Bundan tashqari, uning avtobusi majburiy texnik ko‘rikdan oxirgi marta 2015-yilda o‘tgan.

Fojiadan keyin Mextiyev O‘zbekistonda yashirinib yurgan va xalqaro qidiruvga berilgan. 2018-yil 1-dekabrda uni O‘zbekiston organ xodimlari ushlab, qo‘shni mamlakatga topshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring