Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

351 tonna! Bemorlarga tibbiyot gipsi o‘rniga qurilish gipsi ishlatilgan

351 tonna! Bemorlarga tibbiyot gipsi o‘rniga qurilish gipsi ishlatilgan

Foto: «Newdaynews»

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga oid jinoyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev achchiq bir haqiqatni ham ochiqladi.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yilda (tibbiyot tizimiga e’tibor har qachongidan kuchaytirilgan bir davrda — tahr. izohi) O‘zbekistonda 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna (!) qurilish gipsidan foydalanilgan.

«Quruvchi-shifokorlar» faoliyati hududlar kesimida kuzatilganida Toshkent shahrida eng ko‘p — 48 tonna, Samarqandda — 43 tonna, Qashqadaryoda — 38, Namanganda — 36, Toshkent viloyatida — 35, Farg‘ona viloyatida — 30 tonna qurilish gipsi bemorlarga ishlatib yuborilgan!..

Holbuki, qurilish gipsini qo‘llash bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Achinarlisi, buni shifokorlar boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi!

Bundan ham yomoni, respublikamizda tibbiyot gipsi ishlab chiqaruvchi bironta ham korxona yo‘q, sog‘liqni saqlash vazirligi ham bunday tashabbus bilan chiqmagan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring