Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Bugun Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

30-avgust kuni Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydoni - Suzuk ota majmuasi - Hazrati Imom majmuasi – Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi.

Ushbu festival munosabati bilan 30-avgust kuni soat 22:00dan 00:00gacha shahrimizdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Demak, vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:

— Xalqlar do‘stligi maydonidan Qoratosh ko‘chasi orqali Suzuk ota majmuasigacha;

— Suzuk ota majmuasidan Ko‘kcha darvoza, Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab, Qorasaroy ko‘chasi orqali Hazrati Imom majmuasigacha;

— Hazrati Imom majmuasidan Qorasaroy ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Abay ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chasi orqali Xalqlar do‘stligi maydonigacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring