Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 250 nafar fuqarosi Xitoydan olib kelindi

O‘zbekistonning 250 nafar fuqarosi Xitoydan olib kelindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Bugun 4-fevral kuni «Uzbekistan Airways» AJning charter reysi Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga uchib keldi.

Uning bortida Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a’zolari bor.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladilar, u yerda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadilar.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savollar uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh ofisi: +998 (71) 276-49-66.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring