Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yilda migrantlarga 3462ta xonadon ajratiladi (ro‘yxat)

2020-yilda migrantlarga 3462ta xonadon ajratiladi (ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

2020-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462ta xonadon ajratish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, bu prezidentning 2019-yil 20-avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan amalga oshiriladi.

Vazirlik ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini e’lon qildi.

Ular:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 210ta
  2. Andijon viloyati – 420ta
  3. Buxoro viloyati – 240ta
  4. Jizzax viloyati – 120ta
  5. Qashqadaryo viloyati – 300ta
  6. Navoiy viloyati – 60ta
  7. Namangan viloyati – 300ta
  8. Samarqand viloyati – 450ta
  9. Surxondaryo viloyati – 270ta
  10. Sirdaryo viloyati – 90ta
  11. Toshkent viloyati – 180ta
  12. Farg‘ona viloyati – 420ta
  13. Xorazm viloyati – 240ta
  14. Toshkent shahri – 162ta

Jami: 3462ta.

Bundan oldin, uy-joyga ehtiyojmand mehnat migrantlarini saralab olish tartibi loyihasi e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring