Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj bo‘lgan — Bosh prokuror o‘rinbosari

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj bo‘lgan — Bosh prokuror o‘rinbosari

Foto:«Xabar.uz»

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan  matbuot anjumanida Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov ma’lum qildi.

«2 yilda prokurorlarimiz tomonidan 7500 dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda».

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga ko‘ra, «uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul beriladi. Ya’ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring