Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev 14 yil ijarada yashagan oilaning yangi uyida mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev 14 yil ijarada yashagan oilaning yangi uyida mehmon bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv va yong‘in xavfsizligi uskunalari bilan jihozlandi. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat bo‘lib, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Davlatimiz rahbari shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Jo‘raboyevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.

Oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bolalar bog‘chalari, maktablar, poliklinika va boshqa ob’yektlar qurib, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring