Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

13-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra ertaga, 13-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir va qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq—1 daraja iliq, kunduzi 7—9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 4—9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring