Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 mln so‘mlik «Germaniya orzusi» yo‘qqa chiqdi. Aybdor 10 yilgacha qamalishi mumkin

10 mln so‘mlik «Germaniya orzusi» yo‘qqa chiqdi. Aybdor 10 yilgacha qamalishi mumkin

Foto:«Tripzaza»

2019-yilning oktyabr oyida fuqaro A.Z. va I.U.lar bir guruh bo‘lib, R.L.ning ishonchiga kirishgan va 10.000.000 so‘m evaziga tanishlarni orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun borishida yordam berishini aytishgan. Lekin ular bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi IIV ma’lumotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring