Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrdan davlat xizmatlari sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1-sentyabrdan davlat xizmatlari sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan qanday yangiliklar kutilmoqda? Davlat xizmatlari agentligi rasmiy kanalida bu haqda ma’lumot berib o‘tildi. 

Demak o‘zgarishlar quyidagilar:

1. Endilikda xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya (tan olish) uchun arizani Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvallari eksperimental tarzda DXM orqali va elektron shaklda oliy ma’lumot diplomlarini nostrifikatsiya qilish imkoni mavjud edi.

2. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati yanada qulayroq bo‘ldi. Undan foydalanish uchun poytaxtga tashrif buyurishning endi hojati qolmadi. Tovar belgisini istalgan o‘zingizga qulay bo‘lgan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

3. Yuridik shaxslar endi yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring