Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10! Adliya vazirligi megatanlov e’lon qildi

1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10! Adliya vazirligi megatanlov e’lon qildi

Adliya vazirligi «Biz korrupsiyaga qarshimiz» nomli megatanlovni e’lon qiladi.

Tanlov aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etildi. 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • «Eng yaxshi jurnalistik material uchun»;
  • «Eng yaxshi blogpost uchun»;
  • «Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo)  uchun»;
  • «Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun»;
  • «Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun».

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10;
  • 2-o‘ringa – noutbuk;
  • 3-o‘ringa – televizor.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod o‘z ijodiy materiallarini nominatsiya nomini ko‘rsatgan holda tanlov Ishchi organiga pasport nusxasi va rezyumesi bilan birgalikda topshiradi.

Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi tanlov Tashkiliy qo‘mitasining Ishchi organi hisoblanadi.

Tanlov BMT Rivojlanish dasturining «O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Tanlovga materiallar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy  manziliga yoki [email protected] elektron pochta manziliga yuboring.

Batafsil ma’lumot: www.adliya.uz saytida.

Murojaat uchun telefon: 71 233-75-97.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring