Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Soliq kodeksi loyihasiga e’tiroz. Advokatlar astoydil yeng shimargan ko‘rinadi

Yangi Soliq kodeksi loyihasiga e’tiroz. Advokatlar astoydil yeng shimargan ko‘rinadi

Foto:«Xabar.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasi advokatlarning jiddiy e’tirozi sabab bo‘layotgani haqida xabar bergandik.

Advokatlar quruq e’tiroz bildirish bilan cheklanishmayotgan ko‘rinadi. «Advokatnews.uz»ning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida maxsus ishchi guruhi tuzildi. loyihaning advokatlik tuzilmalarini soliqqa tortishning yangi tartibiga nisbatan advokatlar tomonidan bildirilayotgan asosli va o‘rinli takliflarni umumlashtirib, Advokatlar palatasining taklifini ishlab chiqadi.

Alohida qayd etish kerak, Soliq kodeksi loyihasining advokaturaga doir qismlari bilan kelishib bo‘lmasligini ma’lum qilishi ortidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ham o‘z rasmiy munosabatini e’lon qildi. Unda aytilishicha, Vazirlik advokatlik firmalari va byurolarini tadbirkorlik sub’yektlariga tenglashtirish hamda ularni tadbirkorlik sub’yektlari sifatida soliqqa tortish tartibini «maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi va Kodeks loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ushbu masala yuzasidan o‘z munosabatini vakolatli organlarga bildiradi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring