Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmlik yurtdoshimiz 2,5 milliard so‘mlik jekpot sohibiga aylandi

Xorazmlik yurtdoshimiz 2,5 milliard so‘mlik jekpot sohibiga aylandi

Foto: Xalq banki

Xalq banki «Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining 2019-yil 18-sentyabrdagi 134-yutuqlar tiraji natijalariga ko‘ra, xorazmlik omadli yurtdoshimiz Ahmadjon Jumaniyozov 2,5 milliard so‘mlik yutuq (jekpot) sohibi bo‘ldi.

Bugun Ahmadjon Jumaniyozovga yutuq summasi tantanali ravishda topshirildi.

Aslida «Sharqona lotto» lotereyasining 134-yutuqlar tirajida jekpot summasi 2 486 679 600 so‘m etib belgilangan edi. Biroq jekpot sohibi mazkur tirajda 6 ta emas, balki 10 ta raqamni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, jekpot summasi bilan birgalikda keyingi kategoriyalar bo‘yicha ham yutuq summalariga, ya’ni 2 505 273 210 so‘mga ega bo‘ldi.

Xalq banki o‘yin tashkilotchisi sifatida turli lotereyalarni tashkil etib, 10 ta lotereya turi bo‘yicha o‘tgan davrda minglab fuqarolarimizga 177 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan pul-buyum yutuqlarini to‘lab berdi.

Ushbu lotereyalardan biri – «Omad lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasining 21-sentyabrdagi 467-yutuqlar tirajida 177 million so‘mlik jekpot Umrbek Madrahimovga nasib qildi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring