Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki pensionerlar uchun «Overdraft» kartalarini ishga tushirdi

Xalq banki pensionerlar uchun «Overdraft» kartalarini ishga tushirdi

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan Overdraft «Pensiya karta»lari pensiya oluvchi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, bepul va besh yil muddatga ochib beriladi.

Bank axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu karta orqali barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish va naqd pul mablag‘larini yechish mumkin. Qulayligi, Xalq bankining kassalari va bankomatlaridan naqd pul yechish esa mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu kartani ochgan mijozlarga pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar, bank hisobidan oylik pensiyaning 50 foizigacha qismi har oyda 1,33 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi. Asosiysi, ushbu foizlar faqatgina ishlatilgan mablag‘ uchun to‘lanadi. 

— Yurtimizning ta’lim sohasida 30 yildan ortiq faoliyat yuritib, ayni paytda qarilik gashtini surib kelayapman, — deydi mirobodlik Shavkat bobo Uzoqov. — Yaqinda Xalq banki xodimlari mahallamizga kelib, Overdraft kartalari haqida ma’lumot berishdi. Menga ma’qul bo‘ldi, mahallaning o‘zida ushbu karta olish haqida ariza to‘ldirdim. Tezda menga Overdraft kartamni olib kelib berishdi. Endi pul zarur bo‘lsa, pensiya tushishini kutib o‘tirmaydigan bo‘ldim. Barcha pensionerlarga bu xizmatdan foydalanishni tavsiya qilaman. 

Ayni paytda Xalq banki tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanida sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan ushbu yangi tizim, tez orada respublikamiz bo‘ylab joriy etiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring