Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirliklarda pul o‘zlashtirish karrasiga oshdi (antireyting)

Vazirliklarda pul o‘zlashtirish karrasiga oshdi (antireyting)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 4 729 ta (2019-yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida 246 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.so‘mni budjetga tiklanishi ta’minlandi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (29,8 mlrd.so‘m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.    

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd.so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd.so‘m) nisbatan 2 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd.so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.

Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport  (4,1 mlrd.so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd.so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

«O‘zbekkino» milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring