Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jahonning yirik aviakompaniyalari qatnashadigan forum bo‘ladi

Toshkentda jahonning yirik aviakompaniyalari qatnashadigan forum bo‘ladi

Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar maydonida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumi o‘tkazilmoqda. Bugun Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumani shu mavzuga bag‘ishlandi.

Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Transport vaziri Elyor G‘aniyev, «Uzbekistan Airports» AJ raisi Ravshan Ismoilov boshchiligida o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlari sifatida xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya va transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etadi.

Xalqaro aviaforum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati hamda Birlashgan Arab Amirliklaridan jalb etilgan «Fair Exhibition Organizers» kompaniyasi (BAA).

Ma’lumot uchun: «Fair Exhibition Organizers» (FEO) Al Zarouni kompaniyalarining bir qismi bo‘lib, unga 1999 yilda asos solingan. Hozirgi kungacha 150 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmani tashkil etgan. Dunyo bo‘yicha o‘zining 15dan ortiq ofisiga ega.

UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60 dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya va transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtiroki kutilmoqda.

Ikki kunlik tadbirga dunyoning 130 ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, «Boing» va «Jetcraft» (AQSh), «Air Charter Service» (Buyuk Britaniya), «Bombardier Business jets» (Kanada), «TLD» (Hindiston), «Luftansa Consulting» (Germaniya), «EGIS» (Fransiya), «ATR» (Ispaniya), «Kuwait Airways» (Kuvayt), «Air Arabia» va «BGT Events» (BAA), «Gulf Air» (Baxrayn), «Korean Air» va «Asiana Airlines» (Janubiy Koreya), «Azerbaijan Airlines» (Ozarboyjon), «Aeroflot» va «IrAero» (Rossiya), «Al Masriya» (Misr), «Zagros Airlines» (Eron), «Pegasus Airlines» va «Turkish Airlines» (Turkiya), «Mitsubishi Corporation» (Yaponiya), «Air Astana» (Qozog‘iston) va hokazo.

Forum doirasida o‘tadigan ko‘rgazmada aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishadi, zero O‘zbekiston hukumati mamlakatda aviaqatnovlarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish maqsadida o‘zining logistik imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, 20 fevral kuni soat 14:30 dan 16:30 gacha Transport vazirligi va uning tizim tashkilotlari, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Uzbekistan airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi turistik firmalar xodimlari uchun «O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining rivojlantirish: xalqaro tajriba va olingan saboqlar» mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Seminarga ma’ruzachi sifatida xalqaro ekspert, Ukraina davlat aviatsiya xizmati sobiq rahbari Denis Antonyuk va «SmartGov Consulting» Singapur konsalting kompaniyasi ijrochi direktori Aziza Umarova taklif etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring