Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri investitsiya loyihalarini amalga oshirishda eng qoloq hudud bo‘ldi

Toshkent shahri investitsiya loyihalarini amalga oshirishda eng qoloq hudud bo‘ldi

Фото: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisining birinchi kunida «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti muhokama qilindi.

Unda mamlakat iqtisodiyotida o‘tgan davr mobaynida investitsiyaviy muhitni takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli amaliy ishlarga qaramay, hududlarda investitsiyaviy faoliyatni yaxshilash borasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjudligi qayd etildi.

Jumladan, investitsiyaviy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar olish jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklarida resurslarning yetishmasligi, foiz stavkalarining yuqoriligi, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi, o‘z navbatida, tadbirkorlarning eksport majburiyatlarini bajarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida Dasturda ko‘zda tutilgan investitsiyaviy loyihalar soni 9088 ta bo‘lib, ularning umumiy qiymati 60,3 trln. so‘mni tashkil etadi, yaratilishi ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari esa 172488 ta. Biroq birinchi yarim yillikda jami 3332 ta loyiha (37%) bo‘yicha umumiy qiymati 13,6 trln. so‘mlik (23%) loyihalar amalga oshirilib, bor-yo‘g‘i 38252 ta ish o‘rni (22%) yaratilgan.

Hududlarda investitsiya loyihalarini birinchi yarim yillikda amalga oshirish darajasi 44 foizni tashkil etdi. Bunda Toshkent shahri (27%), Toshkent viloyati (31%) va Qashqadaryo viloyati (37%) eng ortda qolayotgan hududlar hisoblanadi.

Vazirlik va idoralar tomonidan respublikaning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring