Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda «Made in Uzbekistan» shou-rumlar uyi ish boshladi

Tojikistonda «Made in Uzbekistan» shou-rumlar uyi ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga tashrifi doirasida Dushanbe shahrida doimiy faoliyat yurituvchi  O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning shou-rumi o‘z ishini boshladi.

«O‘zeltexsanoat» AJ axborot xizmati xabar berishicha, mazkur shou-rumning maqsadi Tojikistonga eksport salohiyatini oshirish barobarida milliy mahsulotlarimizni xalqaro bozorlarga kirib borishiga erishishdan iborat.

Ushbu shou-rumda «O‘zeltexsanoat»  uyushmasiga a’zo 22 ta korxonaning 100 dan ortiq mahsulotlari o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring