Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlar qayta ko‘rib chiqiladi

Soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlar qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: DSQ matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abdulla Azizov boshchiligidagi ishchi guruh mamlakatimizning barcha darajadagi soliq idoralarining biznes jarayonlarini o‘rganishga kirishdi.

Poytaxtimizning Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida tanlanib, bu yerga inspeksiyalar, boshqarmalar va DSQ mutaxassislari jalb qilinmoqda.

Soliq idoralari xodimlari soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlar davomida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, biznes jarayonlarni yanada optimallashtirish yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Ish jarayonini optimallashtirish va standartlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganishlar natijasida kelgusida soliq tizimi yanada avtomatlashtiriladi. Soliq sohasining biznes jarayonlarini uyg‘unlashtiradigan yagona platforma yaratiladi va respublikamizning barcha soliq organlarida joriy etiladi.

Dasturiy mahsulotlar inson omilini imkon qadar kamaytirish, mamlakatimiz soliq organlarini mijozlar uchun barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring