Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ayrim hokimlarni ishdan olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev ayrim hokimlarni ishdan olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Yig‘ilishda davlat rahbari tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta’minlash masalasiga to‘xtalib, hokimlarni qattiq ogohlantirdi.

Shuningdek, prezident mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablag‘lar uchun kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini ta’kidladi. Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini rag‘batlantirish, aholining iste’mol qobiliyatini oshirish maqsadida iste’mol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda tijorat banklari oldidagi vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bog‘liqligi bu boradagi muammolar ko‘lamini ko‘rsatadi. Shuningdek, bank xizmatlari bo‘yicha tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, Mikrokreditbankda 11 foiz, Agrobankda 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos.

Prezidentimiz bank faoliyatiga mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab baho berilishini alohida qayd etdi.

Tijorat banklari kichik biznes rivojida muhim bo‘g‘in ekani, har bir tumandagi «o‘sish nuqtalari»ga mablag‘ yo‘naltirib, tadbirkor va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Mutasaddilar yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar ijrosini tashkil etish yuzasidan axborot berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring