Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shakar ochiq savdoga chiqarildi

Shakar ochiq savdoga chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi  qarorining 1-bandiga muvofiq, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida joylashgan iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida o‘z savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020-yilgacha ishlab chiqarilgan shakarning cheklangan ma’lum qismi (ishlab chiqarish hajmining 12,5 – 13,5 foizi) ochiq birja savdolarida realizatsiya qilingan, qolgan qismi esa dillerlik tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgan.

Shunday qilib, o‘tgan yilda  «Angren shakar» MChJ tomonidan  jami bo‘lib 28,8 ming tonna shakar  birja savdolarida sotilgan bo‘lsa, 2020-yilning faqatgina yanvar oyida  birja savdolariga 20,0 ming tonna shakar qo‘yilishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday, «Xorazm shakar» MChJ tomonidan  o‘tgan 2019-yilda  birja savdolarida 27,4 ming tonna shakar sotilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar oyida 18,0 ming tonna shakar sotish rejalashtirilgan.

Birja savdolari orqali sotiladigan shakarning hajmini bir necha barorbar oshishi o‘z navbatida shakarga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish imkoniyatini beradi.

«Bir vaqtni o‘zida, 13 ta mintaqaviy bo‘linma va 300 tadan ortiq  savdo maydonchalaridan iborat bo‘lgan Respublika tovar-xomashyo birjasining rivojlangan infratuzilmasi  shakar sotib olmoqchi bo‘lgan barcha ulgurji  iste’molchilar va tadbirkorlarga birja savdolarida ishtirok etishni taklif qiladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring