Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

San’atkorlar qanday soliq to‘laydi?

San’atkorlar qanday soliq to‘laydi?

Foto: Zarnews

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lashi belgilandi.

Soliq kodeksida ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan. Ta’kidlash joizki, avvalgi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar esa joriy yilning 1 apreliga qadar amalda bo‘ladi. Demak, 1 apreldan boshlab konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lashi kerak.

Xo‘sh, mazkur turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishni istaydigan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi tartib-taomili qanday? Dastlab, jismoniy shaxs Davlat xizmatlari markazida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim. Keyin konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi litsenziyani olishi zarur.

Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxs daromad solig‘ini to‘lash tartibini tanlashi kerak. Bunda qat’iy belgilangan miqdordagi soliq yoki deklaratsiya asosida daromad solig‘i tanlanadi. Qayd etish joizki, xizmatlar bo‘yicha daromad 100 million so‘mdan oshganda yoki aylanmadan soliq 1 milliard so‘mdan oshsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lanadi.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi

Manba: zarnews.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring