Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyatining beshta tumanida soliq inspeksiyasi rahbarlari o‘zgardi

Samarqand viloyatining beshta tumanida soliq inspeksiyasi rahbarlari o‘zgardi

Foto:«Xabar.uz»

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Jomboy, Narpay va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatiga asoslanib «O‘zA» xabar bermoqda.

Shu paytgacha Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Ahmedov Asatulla Berdaliyevich Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Hamroyev G‘olibjon Egamqulovich shu tuman davlat soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi.

Oqdaryo tumani soliq inspeksiyasi sobiq boshlig‘i Burhonov G‘ayrat Bahodirovich esa Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasiga boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasiga shu paytgacha mazkur tumanda inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Turopov Sherzod Aribovich boshliq bo‘ldi.

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasida faoliyat olib borgan Nazarov Muhiddin Nazarovich Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasiga  boshliq etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring