Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Dollarning rasmiy kursi keskin oshdi

Rasman! Dollarning rasmiy kursi keskin oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 10-avgustidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi 4 kun avvalgi kursga nisbatan keskin oshib (177,13 so‘m), 8882 so‘m etib belgilandi. To‘rt kun avval kurs ilk bor 8700 so‘mlik «dovon»dan oshgan bo‘lsa, endi «bir urinishdayoq» 8900 so‘mlik chegaraga yaqinlashdi.

Yevro kursi ham keskin oshdi (+259,80) va bir yevro 9928,30 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun tijorat banklari AQSh dollarining oldi-sotti kursini keskin oshirishgandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring