Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston banki O‘zbekistonda ishlash uchun litsenziya oldi

Qozog‘iston banki O‘zbekistonda ishlash uchun litsenziya oldi

Foto: Jurnal Plas

Qozog‘istonning «Tenge Bank»i O‘zbekistonda ish boshlaydi. Bu haqda Markaziy bank kanalida rasmiy xabar berib o‘tildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi «Tenge bank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi», – deyiladi litsenziya berilganligi to‘g‘risida Markaziy bank xabarnomasida.

Eslatib o‘tamiz, «Tenge Bank» Qozog‘istonning «Halyk Bank»iga qarashli bo‘lib, O‘zbekistonda ish boshlash uchun maxsus tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring