Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Qoraqalpog‘istonga tashrifini boshladi (foto)

Prezident Qoraqalpog‘istonga tashrifini boshladi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Kegeyli tumanidagi «Aqtuba tekstil» korxonasidan boshladi.

Ilgari bu tumanda sanoat umuman yo‘q edi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, hududlararo hamkorlik natijalari bu yerda ham sezilmoqda. Xususan, andijonlik tadbirkorlar bilan birgalikda uchta loyiha ishga tushirildi.

Ulardan biri – «Aqtuba tekstil» yiliga 3 million donadan ziyod trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Yiliga 6 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ishchi ayollar bilan suhbatlashdi. Chekka hududlarda bunday yangi korxonalar ochilayotgani, xotin-qizlar ish bilan ta’minlanayotganining ahamiyatini ta’kidlab, buni davom ettirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Korxonaning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda yaqin mahallalardagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganib, o‘z yo‘lini topadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring