Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Markaziy bankka oid qonunni imzoladi

Prezident Markaziy bankka oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda. 

Qonun bilan Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi kabi masalalar mustahkamlab qo‘yildi.

Qonunga Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritildi. Ya’ni, Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:

- haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;
- banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;
-o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab undan foydalanish.

Qonunga muvofiq, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub’yektlarining va Qonunda belgilangan boshqa sub’yektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mustaqil a’zolar Markaziy bank raisining taqdimnomasiga ko‘ra Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring