Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident ipakchilik korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Prezident ipakchilik korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Surxon ipagi» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda xomashyo yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon to‘liq texnologik zanjir asosida tashkil etilgan. Jumladan, ipak qurti boqish, mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Klaster usulida mahsulot yetishtirish uchun Surxondaryo viloyatidagi bir nechta tumanlar biriktirib berilgan.

Korxona faoliyati ikki smenali bo‘lib, 300 dan ortiq doimiy, 250 dan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Bugungi kunda korxona mahsulotlari Osiyo va Yevropa davlatlariga sotilmoqda. 2017-yilda qariyb 2 million 140 ming dollar, 2018-yilda 2 million 873 ming dollardan ziyod miqdorda eksport qilingan.

Turistlarni jalb etish maqsadida «Muzey-fabrika» ham tashkil etilgan. Keluvchilar mahsulot ishlab chiqarish jarayonini to‘liq ko‘rishi mumkin. Shourum va ipak matolardan kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘linmasi ishlab turibdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari ushbu muzey va fabrikani ko‘zdan kechirdi.

Shu yerda Surxondaryo viloyatida turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring