Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Popda tumanni to‘liq elektr bilan ta’minlaydigan GES qurilmoqda (foto)

Popda tumanni to‘liq elektr bilan ta’minlaydigan GES qurilmoqda (foto)

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan joriy yilda Toshkent viloyatida «Tuyabo‘g‘iz» kichik GESi hamda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Katta Farg‘ona kanalida kichik GESlar kaskadi foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyatidagi Ohangaron GESi bir kunda 504000 kvt energiya ishlab chiqaradi. 2010-yildan qayta jihozlangan texnologiya asosida ishlaydi. GES bir kunda 126 mingta xonadonni elektr energiya bilan ta’minlaydi. 

Hozirda yana bir nechta GESlarni foydalanishga topshirish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati Pop tumani Ohangaron daryosida «Qamchiq» kichik GESi  yakuniga yetmoqda.

«Qamchiq» kichik GESining quvvati - 26,5 MVt, o‘rtacha yillik elektroenergiya ishlab chiqarishi – 77,9 mln.kVt.soatni tashkil etadi.

Loyixa 2017 yilda boshlangan bo‘lib, 2020 yilning 1-choragida GESni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati 234,269 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Qurilish boshidan bugungi kunga qadar jami 129,38 mlrd.so‘m miqdordagi qurilish-montaj ishlari bajarildi, shu jumladan:

- 2017-2018-yillarda 81.62 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 2019 yil yanvar-avgust oylarida 47,76 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar 5 100 ming dollarlik asboblar olib kelindi. Joriy yil yakuniga qadar GES uchun zarur barcha asbob-uskunalar yetkazib berilishi ta’minlanadi.

GES Namangan viloyatining Pop tumanini elektr energiya bilan to‘liq ta’minlashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring