Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta va g‘allaga ajratilgan yerdan ma’lum qismi yoshlarga beriladi. Ular istagan ekinini yetishtirishi mumkin

Paxta va g‘allaga ajratilgan yerdan ma’lum qismi yoshlarga beriladi. Ular istagan ekinini yetishtirishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha selektor yig‘ilishida yoshlarni ish bilan ta’minlashda qishloq xo‘jaligining o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

— Shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 15 ming nafar yoshlarga issiqxona qurish, urug‘ va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini sotib olish uchun 40 milliard so‘m ajratiladi.

Yana bir masala – dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yer so‘rab, murojaat qilgan 14 ming nafar yoshlarning atigi 3 ming nafariga yer berilgan.

Misol uchun, Jizzaxda – 5 ming nafar, Xorazmda – 2,5 ming, Qashqadaryoda – 2 ming, Sirdaryoda – 1 ming nafar yoshlar dehqonchilik uchun yer ajratishni so‘rab murojaat qilgan.

Shu sababli, joriy yilda 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish orqali – 10 ming nafar, issiqxona qurish, limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik uchun kredit berish hisobidan – 8 ming nafar, zaxira yerlarini oborotga kiritish uchun quduq qazib berish orqali – 1 ming nafar, g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekish orqali – 20 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlashi kerak, — deya ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Selektor yig‘ilishi davomida paxta va g‘alla hisobidan har 10 gektardan 1 gektari yoshlarga ajratilishi tavsiya qilindi. Paxta rejasi esa tomchilab sug‘orish va zamonaviy agrotexnika hisobiga bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Yoshlar o‘zlari uchun ajratilgan yerda istagan ekinini yetishtirishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, prezident ushbu hafta kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lish haqida gapirgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring