Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» yangi xizmat turini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi

«O‘zsanoatqurilishbank» yangi xizmat turini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi

Joriy yil 16 iyuldan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida bank mijozlariga JOYDA mobil ilovasi orqali «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkonini beruvchi yangi xizmatni joriy etmoqda.

Endilikda mijozlarga yuborilgan pul mablag‘lari «O‘zsanoatqurilishbank»ning Visa kartalariga bir zumda tushadi va istalgan vaqtda bank kassalarida yechib olinishi yoki JOYDA ilovasining o‘zida Uzcard yoki HUMO kartasiga milliy valyutaga konvertatsiya qilinishi mumkin.

Karantin talablariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida bank «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalarining doimiy oluvchilari uchun VISA kartalarini chiqarish va ularni mijoz uyiga yetkazishni ham yo‘lga qo‘yadi. Shu bilan birga mijozlarga pul o‘tkazmalarini kartalarga mustaqil ravishda tushirish hamda mablag‘larini istalgan bankning terminal va bankomatlarida yechib olish o‘rgatiladi.

Kelgusida barcha pul o‘tkazmalari turlarini JOYDA mobil ilovasida birlashtirish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu mijozlarga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini birgina ilovadan foydalangan holda kechayu-kunduz qabul qilish va yuborish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, bir tomondan tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo riteylerlarni, ikkinchi tomondan esa uy xo‘jaliklarini birlashtiruvchi JOYDA elektron savdo maydonchasi (marketpleys) joriy yilning may oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, yil oxirigacha uning foydalanuvchilar soni 300 mingga yetishi kutilmoqda.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring